Sesh. Sen 27th, 2022
Telegram AQShda eng ko'p yuklab olingan dasturlar reytingida ikkinchi o'rinni egalladi.

6-yanvardan beri Qo’shma Shtatlarda Telegram messenjeri taxminan 545 ming marta, ya’ni bir hafta oldingi ko’rsatkichdan uch baravar ko’proq yuklab olindi.

Bu Twitter Donald Trampning akkauntini bloklagani hamda Apple va Google mashhur Parler ijtimoiy tarmog’ini o’zlarining dastur do’konlaridan olib tashlaganlaridan keyin sodir bo’ldi.