Ular Zen 3 arxitekturasi asosida yangi Ryzen 5000 seriyali mobil protsessorlarni namoyish etdilar.
Ushbu qatorga 4,8 gigagertsgacha bo’lgan overclocking bilan ishlaydigan yuqori seriyali H seriyali chiplar va 4,4 gigagertsgacha bo’lgan overclock bilan ishlaydigan ultra mobil U chiplari kiradi. Ushbu protsessorlar 6 ta yadro va 16 ta potokdan iborat. Taqqoslash uchun, 11-avlod Intel protsessorlari maksimal 4 yadro va 8 ta potokga ega.
Geymerlar uchun AMD Ryzen H protsessorlari avvalgi avlod bilan taqqoslaganda bir potokli hisoblashda 23%, ko’p potokli esa 17% kuchliroq. Shuningdek ultrabuklar uchun U chiplari tayyorlandi – ularning ishlashi mos ravishda 16% va 14% ga oshdi.
AMD bunday protsessorlarga ega bo’lgan noutbuklar kunlik foydalanishda 17,5 soatgacha va doimiy video tomosha qilish bilan 21 soatgacha bitta zaryad bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’lishlarini va’da qilmoqda.