Onlayn ensiklopediya 2001 yil 15 yanvarda tadbirkor Jimmi Uels va filologiya fanlari nomzodi Larri Sanger tomonidan ishga tushirilgan. Ayni paytda portalda 317 tilda 55,6 million maqola bor.
«Vikipediya» onlayn-ensiklopediyasi zamonaviy Internetdagi eng muhim saytlardan biridir. Millionlab odamlar uni ishonchli, haqqoniy, xolis axborot manbai sifatida ishlatishadi. Bundan tashqari, Vikipediya ko’ngillilar tomonidan moliyalashtiriladigan va qo’llab-quvvatlanadigan nodavlat notijorat tashkiloti qanday qilib katta ishlarni amalga oshirishi mumkinligining eng muvaffaqiyatli namunasiga aylandi. 15 yanvar kuni Vikipediya o’zining 20 yilligini nishonlamoqda.