Sesh. Sen 27th, 2022
WhatsApp 8 fevralda kuchga kirishi kerak bo'lgan yangilikni joriy etishni keyinga qoldirdi.

WhatsApp 8 fevralda kuchga kirishi kerak bo’lgan yangi maxfiylik siyosatini joriy etishni keyinga qoldirishga qaror qildi, chunki bu butun dunyo bo’ylab foydalanuvchilarining salbiy reaktsiyalariga sabab bo’ldi.

WhatsApp foydalanuvchi ma’lumotlarini Facebookning bosh kompaniyasiga uzatishni boshlashini hamma muhokama qilmoqda, lekin aslida yangi maxfiylik siyosati, messenjer vakillari tushuntirganidek, bunga ta’sir qilmaydi. Xizmat 2016 yildan beri telefon raqamlari, ismlar, avatarlar va boshqa ma’lumotlarni Facebookga doimiy uzatib kelmoqda. O’zgarishlar ko’proq rasmiy va qonuniy tomonlarni tavsiflashga qaratilgan.

WhatsApp-ning ishlab chiqaruvchilari ta’kidlashlaricha internetda katta miqdordagi noto’g’ri ma’lumotlar paydo bo’lgani tufayli foydalanuvchilar yangi messenjer siyosatini to’g’ri tushunishmayapdi.

Endi xizmat yangi qoidalarning kuchga kirishini 15-mayga qoldirmoqchi.