Sesh. Sen 27th, 2022
Google xizmatlari bu bahorda Honor smartfonlariga qaytishi mumkin!

Bu haqda vaziyatdan xabardor bo’lgan ikki anonim manbaga iqtibos keltirgan holda «Kommersant» xabar bermoqda.

Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, bu Huawei Honor brendini 2020 yil noyabr oyida sotgani tufayli amalga oshirilgan. Shuningdek, manbalarning jurnalistlarga aytishicha, tez orada bozorga kiradigan smartfonlar endi Huawei AppGallery dasturiy ta’minot do’koniga ega bo’lmaydi, ammo u ilgari chiqarilgan qurilmalarda qoladi.

Honor bahorda Google xizmatlariga ega yangi maxsulotlarni taqdim etishni rejalashtirmoqdalar. Uning yangi dasturiy ta’minoti bo’ladimi yoki EMUI qoladimi xozircha noma’lum. Honor, Huawei va Google «Kommersant»ga izoh berishdan bosh tortishgan.