Shan. Okt 1st, 2022
Huawei kompaniyasi MateBook X Pro noutbukining yangi versiyasini namoyish qildi.

Unda minimal ramkalarga ega sensorli ekran va Iris Xe grafikasi o’rnatilgan so’nggi 11-avlod Intel Core protsessorlari mavjud.

Asosiy xususiyatlar:
– 14,6 mm qalinlikdagi metall korpus
– 13,9 dyuym, 2K o’lcham, 100% sRGB
– Intel Core i5-1135G7 yoki Core i7-1165G7
– 16 GB RAM va SSD 512 yoki 1 TB
– 10 soatgacha foydalanish va tez zaryadlanuvchi batareya
– To’rtta karnay, klaviaturada veb-kamera
– Barmoq skaneri, ikkita USB-C, Wi-Fi 6 va Bluetooth 5.1

Xitoyda Huawei MateBook X Pro 2021 minimal konfiguratsiyada 1399 dollar va eng top model 1850 dollar atrofida turadi.