Sesh. Sen 27th, 2022
Samsung xam Apple M1-ga javob tayyorlamoqda!

O’tgan hafta Xiaomi Redmi K40 Pro-da Snapdragon 888 chipini ishlatishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Ma’lum bo’lishicha, yangi protsessor navbatdagi boshqa qurilmada ham kutilmoqda. Bu haqda Redmi kompaniyasining mahsulot bo’yicha bosh direktori Vang Teng Tomas Weiboda xabar berdi.
Ehtimol, ikkinchi qurilma o’tgan yilgi Redmi K30 Pro Zoom Edition smartfonining davomchisi bo’lishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, Redmi K40 Pro va Redmi K40 Pro Zoom Editiondan tashqari, Redmi K40 bazaviy modeli ham ushbu turkum tarkibiga kiradi. Redmi K40da MediaTek Dimensions 1200 protsessori o’rnatilgan bo’lib, uni shu chorshanba kuni (20 yanvar) e’lon qilinishi rejalashtirilgan.