Shan. Okt 1st, 2022
280 million dollarlik bitkoinlari bo'lgan qattiq diskni axlatga tashlagan britaniyalik

Ingliz dasturchisi James Howells 2013 yilda ichida 7500BTC bo’lgan qattiq diskni tashlab yuboradi. Ayni paytda bu taxminan 280 million dollarni tashkil etadi.

Endi James o’z shahri ma’muriyatiga ushbu summaning 25 foizini taklif qildi. Buning evaziga ular unga axlatxonaning ma’lum bir qismini, ya’ni uning fikriga ko’ra disk joylashgan joyni qazib qidiruv ishlarini olib borishga ruxsat berishlari kerak. Mahalliy hokimiyat organlari undan doimiy ravishda yo’qolgan qattiq diskni qidirib topishni so’rab murojaatnomalarni olishmoqda, ammo atrof-muhit muammolarini inobatga olib, uning so’rovlari har doim rad etilmoqda.