Sesh. Sen 27th, 2022
Hisobot: Netflix obunachilari 203 millionga yetdi

Netflix to’rtinchi chorak va 2020 yil yakunlarini e’lon qildi. O’tgan yil striming xizmati tarixidagi eng yaxshi bo’ldi, obunachilar soni 203 millionga yetdi – bu onlayn-kinoteatrlar orasida eng yaxshi ko’rsatkich.

Yil davomida Netflix 37 million abonentga ega bo’ldi, ularning aksariyati pandemiya boshlangan davrga to’g’ri keldi va to’rtinchi chorakda 8,5 million kishi qo’shildi. Avvalgi rekord 2018 yilda o’rnatilgandi, o’shanda xizmat yil davomida 28,6 million abonentga o’sgan.

Ushbu yangilik tufayli Netflix aksiyalari narxi 13 foizga o’sdi. Bu yil, xizmat haftasiga bitta kinoreliz chiqarishni va’da qilmoqda.