Sesh. Sen 27th, 2022
Ilon Mask 100 million dollarlik tanlov e'lon qildi.

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask karbonat angidrid gazini olish va saqlash uchun eng yaxshi texnologiyani yaratuvchilarga 100 million dollar to’lashni va’da qildi. U tanlovni o’zining Twitterdagi sahifasida e’lon qildi.

«Men eng yaxshi uglerodni tortib olish texnologiyasi uchun mukofot sifatida 100 million dollar xayriya qilaman», deb yozgan Mask. Shuningdek, u taklif tafsilotlarini kelasi hafta oshkor qilishga va’da berdi.

Uglerodni tutib olish va saqlash deganda karbonat angidrid gazini (CO2) sanoat va energiya manbalaridan ajratish va atmosferadan uzoq muddatli izolyatsiya jarayonlari tushuniladi. Ushbu jarayonning maqsadi global isish va atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashdir.