Ushbu yangilanish hozircha iOS foydalanuvchilari uchun taqdim etilgan.
«Endi siz yozishmalaringizni boshqa ilovalardan – masalan, Whatsap, Line yoki Kakao-Talk dan Telegramga o‘tkazishingiz mumkin», deyiladi AppStoreda joylashtirilgan yangilanish tavsifida.
Bundan tashqari, ushbu yangilanish bilan foydalanuvchilar barcha qatnashchilar uchun yaratilgan guruhlarni izsiz, chat ro‘yxatidan maxfiy suhbatlar va qo‘ng‘iroqlar tarixini o‘chirib tashlashlar imkoniyatiga ega bo‘ladilar