Sesh. Sen 27th, 2022
TikTok o‘zining to‘lov xizmatlarini ishga tushirdi.

ByteDance kompaniyasi TikTok dasturining Xitoy versiyasi— Douyin uchun to‘lov xizmatini ishga tushirdi. Shu yo‘l bilan ByteDance kompaniyasi elektron tijorat biznesini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Hozircha Douyin Pay xizmati faqat Xitoydagina ishlaydi. Ilgari 600 milliondan ortiq Douyin foydalanuvchilari virtual sovg‘alar, tokenlar va ilova ichidagi mahsulotlar uchun Alibabaning Alipay va Tencenning WeChat Pay orqali to‘lashlari mumkin edi. iResearch ma’lumotlariga ko‘ra, ular mamlakatdagi uyali aloqa operatsiyalari bozorining 90% dan ortig‘ini tashkil qiladi.