Sesh. Sen 27th, 2022
Xiaomi Mi 11 flagmanining xalqaro taqdimot sanasini e'lon qilindi.

Kecha, Xiaomi MIUI 12.5 markali qobig’ining xalqaro debyutini e’lon qildi va bugun u o’zining flagman smartfoni Xiaomi Mi 11 taqdimoti uchun jurnalistlarga taklifnoma yuborishni boshladi. Taqdimot 2021 yil 8 fevralda bo’lib o’tadi.

Xitoy tashqarisida Xiaomi Mi 11-ning chiqarilishi bilan bir vaqtda, Xiaomi Mi 11-ning qimmatroq versiyasi  Mi 11 Pro haqida ham e’lon bo’lishi mumkin.

Kompaniya Xiaomi Mi 11 ni Xitoyda 2020 yil 28 dekabrda namoyish qildi. U Yangi yil arafasida sotuvga chiqdi va darhol super xitga aylandi – 1 yanvar kuni atigi 5 daqiqada 350 ming dona qurilma sotib olindi.

Xitoyda yanvar oyida Xiaomi Mi 11 milliondan ortiq sotib bo’lingan