Shan. Okt 1st, 2022
YouTube «kliplar» funksiyasini ishga tushirmoqda.

YouTube «kliplar» (Clips) funksiyasini sinovdan o‘tkazyapti — unga ko‘ra, odatiy videolar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalardan istalgan qismini qirqib olib, boshqa foydalanuvchilarga ulashish mumkin.

«Kliplar» taym-kodlardan qulayroq: videoning o‘zingizga kerakli qismini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqata olasiz, saytga joylaysiz, elektron pochtada jo‘natishingiz yoki unga havola yaratishingiz mumkin. Bitta klipning uzunligi 5–60 soniyani tashkil etadi.

Yangi funktsiya hozir alfa-testlash bosqichida, cheklangan foydalanuvchilar uchun ochiq, deyiladi servis vakillari axborotida. «Kliplar»ni ham hozircha YouTube videoxostingining veb-talqinida yaratish mumkin, mobil ilovalarda bu imkoniyat keyinroq paydo bo‘ladi.