Shan. Okt 1st, 2022
Britaniyada uchuvchisiz parvoz qurilmalari uchun dunyodagi birinchi aeroport quriladi.

Britaniyaning Koventri shahri yaqinida uchuvchisiz parvoz qurilmalari uchun dunyodagi birinchi aeroport quriladi. Hukumat bu maqsadda 1,2 mln funt sterling ajratdi.

Mablag‘lar dronlar yordamida yuk va yo‘lovchi tashuvlariga xizmat ko‘rsatadigan markazni qurishga sarflanadi.

“Havo tashuvlarining o‘z infratuzilmasini talab qiluvchi yangi shakli paydo bo‘ldi. Yo‘lovchilarda kelish, reysni bronlash, aerotaksi saloniga o‘tish imkoni bo‘lishi lozim”, deb aytgan Urban Airport kompaniyasi raisi Riki Sandxu.

Atrof-muhitga beziyon bo‘lishi kutilayotgan markaz Air One deb nomlanadi va Koventri shahrining shimoliy qismi yaqinida joylashadi. Aeroportni 2021 yil noyabriga ochish rejalashtirilgan.