Sesh. Sen 27th, 2022
Dunyoda internetdan qancha odam foydalanayotgani ma’lum qilindi

«We Are Social» va «Hootsuite» kompaniyalari «Digital 2021» hisobotini taqdim etishdi. Unda jahonda internet va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari soni qanchaga yetgani haqida ma’lumot berilgan.

2021-yilning yanvar holatiga jahon aholisi soni 7,83 mlrd.ni tashkil etmoqda. Internetdan 4,66 mlrd. kishi yoki sayyoramiz aholisining 53,6 foizi foydalanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardan esa 4,2 mlrd. kishi foydalanyapti. Hisobotda ko‘rsatilishicha, 5,22 mlrd. kishining yoki Yer aholisining 66,6 foizida shaxsiy mobil telefonlar bor.