Sesh. Sen 27th, 2022
Motorola kompaniyasi Snapdragon 870’da ishlaydigan dunyodagi birinchi smartfon — Edge S’ni taqdim etdi.

Motorola kompaniyasi Qualcomm’ning yangi protsessori — 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Snapdragon 870 o‘rnatilgan Edge S smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi Lifehacker. Shuningdek, yangi qurilma tezkor UFS 3.1 flesh-xotiraga ham ega bo‘lgan.

Yangi smartfon piksellar soni 2520 x 1080 bo‘lgan va yangilanish chastotasi 90 gertsga teng IPS-matritsali 6,7 dyuymli displeyga ega. Shuningdek, HDR10 funktsiyasi ham mavjud. Displeyda frontal kamera uchun bir juft teshik mavjud — asosiy 16 megapiksel va qo‘shimcha keng burchakli 8 megapiksel. Barmoq izi skaneri qurilmaning yon tomoniga joylashtirilgan.

Orqa tomonidan to‘rtta kamera moduli mavjud: 6K sifatda tasvirga olishga qodir 30 fps chastotali 64 megapikselga teng asosiy, 16 megapikselli ultrakeng, 2 megapikselli chuqurlikni o‘lchovchi va ToF datchigi mavjud.

Qurilma avtonomligiga tezkor quvvatlanish funktsiyasiga ega sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyator javob beradi. Smartfon chang va namlikdan IP52 standarti bo‘yicha himoyalangan va naushniklar uchun 3,5 millimetrli razyomga ega.