Sesh. Sen 27th, 2022
2021-yilda 108 MP kamerali ko‘p smartfonlar chiqadi

«Xiaomi» kompaniyasining «Redmi» subbrendi 2021-yilda 108 MP kamerali ko‘plab smartfonlarni chiqaradi.

Bu haqda «Redmi» rahbari Lyu Veybin shaxsan ma’lum qildi. «Gizmochina» yozishicha, kompaniya bosh direktori bu yil bir emas, bir nechta 108 MP kamerali yangi smartfon modellari chiqarilishini tasdiqlagan. Janob Lyu nazarda tutgan kameralar «Samsung» ishlab chiqqan ISOCELL HM2 va ISOCELL HM3 modellari bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kompaniyaning dastlabki anonsi «Redmi K40» flagmani bo‘lishi kutilmoqda. Qurilmaga norasmiy nom izlashyapti, hozir brend fanatlari o‘rtasida ovoz berish ketyapti.