McLaren, Boeing, Jaguar, Rolls-Royce va Brabham kompaniyalarining sobiq ishchilarini ish bilan ta’minlagan Avstraliyaning Alauda Aeronautics kompaniyasi bu yil dunyodagi birinchi havo musobaqalarida qatnashadigan Airspeeder Mk3 uchar elektromobilini namoyish etdi!
Mashinaning vazni 100 kg, uning asosi va fyuzelyaji uglerod tolasidan qilingan. 96 kVt quvvatga ega dvigatel va sakkizta rotor tufayli u 120 km / s dan yuqori tezlikka erisha oladi. Xavfsizlikka ham e’tibor qaratilgan va to’qnashuvlarning oldini olish uchun barcha sensorlar va LiDAR skaneri butun tanaga joylashtirilgan.
Ishlab chiquvchilar Airspeeder Formula 1 avtomobillari kabi epchil harakatlana olishiga va’da berishmoqda.
Batareyalar pit-stoplarda bir necha soniya ichida o’zgarishi mumkin.
@Terabit_Uz