Sesh. Sen 27th, 2022
Instagram foydalanuvchilari uchun yangi xizmat taqdim etdi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i yaqinda o‘chirilgan postlar va Stories’ni tiklash xususiyatini qo‘shdi. Bu haqda Instagram matbuot xizmati xabar bergan.

«Bugun biz sizning kontentingizni boshqarishda yordam beradigan yangi funksiyani taqdim etamiz», deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, endi Instagram foydalanuvchilari o‘chirilgan stories’ni bir kun ichida, postlarni esa 30 kun ichida tiklashi mumkin.

Shuningdek, Instagram’da himoya choralari ham joriy qilinadi, ya’ni postlarni o‘chirib tashlash uchun xizmat qo‘shimcha tasdiqlashni so‘raydi.