Sesh. Sen 27th, 2022
Hyundai va Kia Motors Apple bilan elektromobil bo'yicha muzokaralarni yakunlashdi

Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, Apple Hyundai va Kia Motors bilan elektromobil yaratish bo’yicha muzokaralar olib borgan, ammo so’nggi paytlarda kompaniyalar o’rtasidagi barcha aloqalar to’xtagan.

Anonim qolishni so’ragan manbalarga ko’ra, Apple boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan ham shu kabi rejalarni muhokama qilmoqda. Ammo Apple bu xaqida izoh berishdan bosh tortdi. Ilgari, Kia aksiyalariga egalik qiluvchi Hyundai ham Apple bilan muzokaralar olib borayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortgan edi.

Manbalarning ta’kidlashicha, oshkor qilingan ma’lumotlar Appleni xafa qildi, chunki u doimo o’z loyihalarini sir saqlagan va yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni sinchkovlik bilan kuzatib kelgan. Apple va Hyundai / Kia o’rtasida elektromobilning kelajagi haqidagi munozaralar qayta boshlanishi hali ma’lum emas.

? @Terabit_Uz