Sesh. Sen 27th, 2022
Eng kuchli android-smartfon Xitoydan tashqarida ham taqdim etildi

«Xiaomi» kompaniyasi «Mi 11» flagmani global versiyasini taqdim etdi. Shu paytgacha Xitoyda sotilayotgan bu telefon android-smartfonlar orasida eng kuchlisi maqomini olgan.

«Xiaomi Mi 11» texnik xususiyatlari:

  • Protsessor — Snapdragon 888
  • Tezkor xotira — 8 GB
  • Ichki xotira — 256 GB gacha
  • Ekran — 6,8-dyuym (1440p; 120 Gs)
  • Kamera — 108 MP (asosiy); 13 MP (qo‘shimcha ultrakeng modul); telemakrokamera (5 MP); 20 MP (selfi-kamera)
  • Akkumulyator — 4600 mAs.

«Mi 11» narxi 749 yevrodan boshlanadi.

Kompaniya, shuningdek, smartfonning yanada kuchaytirilgan «Mi 11 Pro» va «Mi 11 Pro+» versiyalarini ham taqdim etishi kutilyapti.

? @Terabit_Uz