Shan. Okt 1st, 2022
Google Chrome ba'zi kompyuterlarda ishlashni to'xtatadi.

Google Chrome brauzeri endi 2005 yildan eski kompyuter va noutbuklarda ishlamaydi. Bu haqda Chromium ishlab chiquvchilar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy hujjatda keltirilgan.
Chrome 89 yangilanishidan so’ng Supplemental Streaming SIMD Extensions 3 (SSE3) buyruqlarini qo’llab-quvvatlamaydigan x86 protsessorlarlarida ishlashdan to’xtaydi. Bu asosan 2005 yilgacha bo’lgan platformalarga ta’sir qiladi. Celeron M chipiga asoslangan kompyuterlarga Windows 10 o’rnatish mumkin bo’lsa ham ular endi yangi Chromedan foydalana olmaydi.

Chrome 87 va undan keyingi foydalanuvchilarga yaqin haftalarda qo’llab-quvvatlash tugashi haqidagi xabar keladi. Googlening ushbu harakati faqat Windowsga ta’sir qiladi, chunki ChromeOS, Android va Mac allaqachon SSE3-ga ega protsessorlarni talab qiladi.

? @Terabit_Uz