Sesh. Sen 27th, 2022
Xiaomi iPhone 12 Proʻdan ham qimmatroq smartfon chiqarmoqchi

Xiaomi 1500 dollardan yuqori narxdagi uyali telefonini sotuvga chiqarishi mumkin. Bu haqda kompaniya bosh direktori Ley Junya Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida aytib oʻtdi.

Kompaniya yaqin vaqt ichida oʻzining egiluvchan ekranli ilk smartfonini taqdim etishi mumkin.

Xiaomi rahbariyati bu borada brend muxlislarining fikri bilan qiziqmoqda. Qiziquvchilar mazkur smartfon qanday narxda boʻlishi kerakligi haqida oʻz takliflarini bildirishi mumkin.

? @Terabit_Uz