Sesh. Sen 27th, 2022
WhatsApp’da ko‘p foydalanuvchilar uchun kerak bo‘lgan funktsiya paydo bo‘ladi

WhatsApp messenjerida videolar bo‘limiga tegishli bo‘lgan yangi funktsiya sinovdan o‘tkazilmoqda. Uning yordamida ovozsiz videolarni yuborish mumkin.

WABetaInfo ma’lum qilishicha, videolarni tahrir qilish vaqtida alohida belgi paydo bo‘ladi, foydalanuvchi uning yordamida ovozsiz videoni yuborishi mumkin.

Hozircha funktsiya 2.21.3.13 beta-versiyasida mavjud.

Bundan tashqari messenjerga yangi animatsion stikerlar to‘plami qo‘shiladi, shuningdek, guruh chatida “foydalanuvchini eslatib o‘tish” funktsiyasi ham yaxshilanadi.

👍 @Terabit_Uz