Sesh. Sen 27th, 2022
Bir kunda 150 ming dona sotilgan smartfon?

Ulkan akkumulyator, 48 Mp kamera, 6 Gb operativ xotiraga ega bo‘lgan yangi xitoy smartfoni Hindistonda rekord darajada sotilmoqda.

Xiaomi Poco M3 smartfoni Hindistonda savdoga chiqqan birinchi kunda 150 000 dona sotildi va ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Xo‘sh, Xiaomi kompaniyasning ushbu smartfoning siri nimada?

Birinchidan, smartfon juda sifatli asosiy kamera bilan jihozlangan – 48 megapiksel va f – 1,79 ko‘rsatgichli diafragma.

Ikkinchidan, smartfon 6000 amper soatli ulkan akkumulyator bilan jihozlangan. Ushbu akkumulyator bilan smartfon 3 kun davomida aktiv foydalanish mumkin.

Va uchinchidan, uning narxi – smartfon Hindistonda 170 dollar narxda savdoga chiqarilgan.

Qo‘shimcha bonus sifatida smartfon 6 Gb operativ xotira bilan jihozlanganini qayd etish mumkin. Smartfon qora, sariq va ko‘k ranglarda savdoga chiqarilgan.

 

👍 @Terabit_Uz