2021 yildan boshlab Telegram pulli yangi funksiyalarni ishga tushiradi. Pullik tizim faqat yangi funksiyalar uchun amal qiladi, avval mavjud bo`lgan barcha xizmatlar bepul bo`lib qoladi, shaxsiy va guruh suhbatlarida reklama bo`lmaydi, deya Durovning fikrlarini keltirdi RIA Novosti.
Telegram platformadagi kanallarda o`zining reklamalarini joriy qilmoqchi, bu serverlar va trafik xarajatlarini qoplashga imkon beradi, deydi platforma asoschisi.
Durov Telegramning kelajagi haqida ham gapirib berdi. Shunday qilib:
▪️ 2021 yildan boshlab messenjerning «oddiy monetizasiyasi» boshlanadi – ko`pchilik katta o`zgarishlarni sezmasligi mumkin
▪️ Hozir mavjud bo`lgan barcha Telegram xizmatlari bepul bo`lib qoladi
▪️ Ishbilarmon guruhlar va ehtiyojlari yuqori bo`lgan foydalanuvchilar uchun qo`shimcha funksiyalar joriy etiladi
▪️ Shaxsiy va guruh suhbatlarida hech qanday reklama bo`lmaydi: bu aloqaga zarar etkazishi mumkin
▪️ Shu bilan birga, o`z abonentlariga reklama ko`rsatishdan daromad oladigan kanallar uchun Telegram to`lovlarni joriy etadi
👍 @Terabit_Uz