Sesh. Sen 27th, 2022
Redmi Note 10

Xiaomi Xindiston sahifasida Redmi Note 10 seriyasining ishga tushirilishini haqida bir nechta reklama tizerlari paydo bo’ldi va ular yangi mahsulotlarning ba’zi xususiyatlarini ochib berishdi.

Nashr qilingan tizerlarga ko’ra, Redmi Note 10 seriyali smartfonlar butunlay yangi dizaynga ega bo’ladi. Bundan tashqari, qurilmalar oldingilariga qaraganda ingichka va yengilroq bo’ladi, lekin shu bilan birga tez zaryadlashni qo’llab-quvvatlaydigan katta xajmli batareyalarga ega.

Tizerlardan birida selfi kamerasi uchun dumaloq teshikli displey ko’rsatilgan. Gorilla Glass himoya oynasi, Snapdragon protsessori (mish-mishlarga qaraganda Snapdragon 750G), yon tomonida barmoq izlari skaneri, Hi-Res Audio va IP52 himoyasini qo’llab-quvvatlashi ham aytib o’tilgan. Avvalgi ma’lumotlarga ko’ra, Redmi Note 10, yangilanish tezligi 120 Hz bo’lgan LCD displey va 108 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan.

 

👍 @Terabit_Uz