Sesh. Sen 27th, 2022
«Microsoft» kompaniyasi Office 2021ni taqdim etdi

«Microsoft» kompaniyasi ofis ilovalari to‘plamining yangi talqini — Office 2021ni taqdim etdi. Bu haqda «The Verge» xabar berdi.

Xuddi Office 2019da bo‘lgani kabi, «korobka» talqini obuna bo‘lishni istamaganlar uchun mo‘ljallangan. Yangi paketga muddatsiz litsenziya bir martalik to‘lov orqali qo‘lga kiritiladi.

Office 2021 ikki shaklda chiqariladi: iste’molchilar hamda korporativ foydalanuvchilar (LTSC) uchun uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash huquqi bilan. Ammo LTSC muddati endi avvalgidek yetti yil emas, besh yil.

Office Professional Plus, Office Standard va korporativ mijozlar uchun alohida ilovalar narxlari 10 foizga qimmatlashgan, foydalanuvchilar va kichik biznes uchun Office 2021 narxi o‘zgartirilmagan.

Windows va macOS uchun ilovalarning yangilangan to‘plami shu yilning ikkinchi yarmida chiqadi. To‘plamdan Word, Excel, PowerPoint hamda OneNotening 32 va 64-razryadli talqinlari o‘rin oladi.

«Yangi ofis»ning barcha imkoniyatlarini «Microsoft» hozircha ochiqlagan emas.

👍 @Terabit_Uz