Shan. Okt 1st, 2022
O‘chirib tashlang! Mashhur android-ilova xavfli ekan

«Google Play»da eng ommalashgan ilovalardan biri android-smartfonlar uchun xavf tug‘dirmoqda, deb yozmoqda «Profil».

Ilova «Google Play»da top-10da, millionlab ijobiy fikrlar bildirilgan. Biroq «Trend Micro» ekspertlari bu dasturni ko‘chirib o‘rnatgandan so‘ng smartfondagi muhim ma’lumotlar begona dasturlar uchun ochilib qolishini aniqlashdi.

Gap milliard marotabadan ortiq ko‘chirib olingan o‘sha mashhur «SHAREit» haqida boryapti. Ilova foydalanuvchilar musiqa, foto, video va boshqa fayllarni o‘zaro almashishlari uchun yaratilgan.

Ushbu dastur orqali xakerlar keyinchalik smartfon buzilishiga sabab bo‘luvchi Man-in-the-disk (MITD) hujumlarini uyushtira olishadi.

«Trend Micro» ekspertlari 3 oy avval «SHAREit» mualliflariga ilovadagi nuqsonlarni va ehtimoliy xakerlik hujumlari aybdorlarini ko‘rsatib xabar yo‘llashgan. Biroq ishlab chiqaruvchi muammoni hal qilmagan.

Ekspertlar nosozlik tuzatilishigacha bu ilovani ko‘chirmaslikni, telefoniga o‘rnatganlar bo‘lsa, darhol o‘chirib tashlashni tavsiya qilishgan.

👍 @Terabit_Uz