Insayderlarning ta’kidlashicha, Apple LG Display bilan egiluvchan smartfon uchun displey ishlab chiqishga kelishib olgan. Ularning ma’lumotlariga ko’ra, kompaniya allaqachon bunday panelni yaratishni boshlagan va kelajakda u Apple qurilmalari uchun asosiy yetkazib beruvchilardan biriga aylanadi. Ikkinchi kompaniya Samsung bo’lib qolmoqda, u Amerika kompaniyasiga buklamali matritsalarning bir nechta namunalarini taqdim etgan. Birinchi egiluvchan displeyli iPhone 2023 yilda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, u diagonali 7 dyuymli displeyga ega bo’ladi.
👍 @Terabit_Uz