Shan. Okt 1st, 2022
WhatsAppʻning yangi shartlarini qabul qilmagan foydalanuvchilarda messenjer xizmati oʻchiriladi

15-mayga qadar WhatsAppʻning yangilangan shartlarini qabul qilmagan foydalanuvchilar messenjerdan foydalana olmaydi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Ularning hisob qaydnomasi “nofaol” lar roʻyxatiga kiritiladi. Faol boʻlmagan hisoblar 120 kundan keyin oʻchirilishi mumkin.

WhatsApp yangilanishini yanvar oyida eʼlon qilgandi.

Koʻpgina foydalanuvchilar orasida bu kompaniyaning asosiy hamkori Facebook bilan baham koʻrgan maʼlumotlarning hajmini oʻzgartirishni rejalashtirayotganini anglatadi degan fikr paydo boʻldi.

Keyinchalik bu yangilanish aslida toʻlovlarni amalga oshirishga qaratilgan ekanligi aniqlandi.

👍 @Terabit_Uz