Sesh. Sen 27th, 2022
“Xiaomi” avtomobil ishlab chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda

Smartfonlar va boshqa “aqlli” qurilmalar yaratish borasida tobora mavqeyini mustahkamlab borayotgan Xitoyning «Xiaomi» korporatsiya yaqin yillarda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda mahalliy «Donews» nashri xabar bermoqda.

Korporatsiyadagi bir nechta manbalarning taʼkidlashicha, “Xiaomi” top-menejerlari avtomobil bozoriga kirish imkoniyatlarini oʻrganishni boshlagan.

Insayderlar esa korporatsiya hali oʻz avtomobilini yaratish boʻyicha aniq rejaga ega emasligini, ammo yaqin kelajakda loyiha haqida batafsil maʼlumot paydo boʻlishi mumkinligini istisno qilishmayapti. Shuningdek, loyihani toʻgʻridan-toʻgʻri kompaniya asoschisi Ley Jun nazorat qilishi aytilmoqda.

OAV vakillari ushbu yangilikka izoh olish uchun “Xiaomi” kompaniyasi tomonidan ushbu soʻrovga keyinroq javob berilishi aytilgan.

Investorlar Xitoy korporatsiyasining avtomobil bozoriga qiziqishi haqidagi yangiliklarni yuqori baholadilar. Gonkong fond birjasida “Xiaomi”ning aksiyalari 6,424 foizga oʻsdi.

👍 @Terabit_Uz