Sesh. Sen 27th, 2022
Telegram AQShda eng ko'p yuklab olingan dasturlar reytingida ikkinchi o'rinni egalladi.

Telegram messenjerida har qanday chatdagi xabarlarni avtomatik ravishda o‘chirish mumkin bo‘ldi. Bu haqda messenjer blogida xabar berilgan.

Ta’kidlanganidek, endi barcha messenjer foydalanuvchilari har qanday chatda xabarlarni avtomatik ravishda o‘chira oladi.

Ushbu rejimda xabarlar yuborilgandan 24 soat yoki yetti kun o‘tib yo‘qolishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, endi guruhlar va kanallarga taklif qilish uchun vaqtinchalik havolalarni, shuningdek, telefonning asosiy ekranidagi chatlarga tez kirish uchun vidjetlarni ham avtomatik ravishda o‘chirish mumkin.

Shuningdek, endi Telegram’dagi guruhlar ishtirokchilari soni ham cheklanmaydi.

👍 @Terabit_Uz