Shan. Okt 1st, 2022
Instagram yangi xizmatni ishga tushiradi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i “Live Rooms” deb nomlangan jonli translyatsiya funksiyasini ishga tushirmoqda, unda to‘rt nafar foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin. Bu haqda tarmoq rasmiy sahifasida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, ilgari ikki nafar foydalanuvchi birgalikda jonli efirni translyatsiya qilishi mumkin edi.

“Ilgari siz tandemda faqat bir nafar odam bilan jonli translyatsiyani efirga uzatishingiz mumkin edi, endi biz sizga jonli efir ishtirokchilarini ikki baravar oshirishga imkon beramiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, yaqin oylarda “Live Rooms”da moderatsiya va audio boshqaruv kabi qo‘shimcha funksiyalar paydo bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

👍 @Terabit_Uz