Shan. Okt 1st, 2022
Tesla eng mashhur elektromobilni ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Amerikalik Tesla avtomobillari ishlab chiqaruvchisi Kaliforniyadagi zavodida o‘zining eng mashhur modeli – “Model 3” ning chiqarilishini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda “Bloomberg” o‘zining manbalariga asoslanib yozmoqda.

Elektromobillar joriy yilnig 22 fevralidan 7 martigacha yig‘ilmaydi. Kompaniya xodimlarga 22 va 23 fevral kunlari uchun ish haqi to‘lashini aytdi, ammo 28 fevral va 1-3 mart kunlari uchun ta’til olishni maslahat bergan. Yangiliklar fonida kompaniya aksiyalari premarketda 3,4 foizga pasayib, har bir aksiya uchun 716,6 dollarni tashkil etgan.

👍 @Terabit_Uz