Shan. Okt 1st, 2022
Endi Tik Tok ba’zi videolarni qo‘yishni cheklaydi

TikTok ijtimoiy tarmog‘i o‘z joniga qasd qilish yoki o‘ziga zarar yetkazish bilan bog‘liq kontentni olib tashlaydi. Bu haqda kompaniya bayonotiga asoslanib xabar berilgan.

«Biz o‘z joniga qasd qilishga yoki o‘ziga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni tasvirlovchi, targ‘ib qiluvchi kontent joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Jamiyat ko‘rsatmalariga zid bo‘lgan kontentni olib tashlaymiz va foydalanuvchilarning xavfli chaqiriqlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli hashtaglarni bloklaymiz», deyilgan kompaniya xabarida.

Xabarlarga ko‘ra, joriy yilning 24 fevral kuni TikTok ijtimoiy tarmog‘ida o‘spirinlarni o‘z joniga qasd qilishga chaqiruvchi videolar tarqalishni boshlagan.

25 fevral kunining o‘zida TikTok’ga joylashtirilgan ommaviy o‘z joniga qasd qilishga chaqiruvchi video 432 ming martadan ortiq ko‘rilgan.