Shan. Okt 1st, 2022
Narxi sifatiga mos eng yaxshi smartfonlar aniqlandi

«AnTuTu» benchmarki narx/sifat nisbati bo‘yicha eng yaxshi smartfonlarning fevral oyi reytingini tuzdi. Ro‘yxatdan o‘rin olgan smartfonlarning narxi 2000 yuan (taxminan 307,3 AQSh dollari)dan oshmaydi.

Yangilangan reytingdagi 10 ta o‘rindan oltitasi va eng yaxshilarini Xiaomi smartfonlari band etdi:

  1. Redmi K40 (operativ xotirasi — 6 GB, ichki xotirasi — 128 GB, 334 ball);
  2. Redmi 10X 5G (6/128 GB, 282 ball);
  3. Redmi Note 9 5G (257 ball).

Ro‘yxatdan, shuningdek, realme Q 5G, Redmi 9, IQOO U3, Redmi K30, realme V15 5G, Redmi Note 9 Pro 5G kabi smartfonlar o‘rin olgan.

👍 @Terabit_Uz