Shan. Okt 1st, 2022
Apple yangi iPad modellarini qachon taqdim etishi ma’lum bo‘ldi

Amerikaning Apple korporatsiyasi joriy yilning aprel oyida yangi iPad modellarini taqdim etmoqchi. Bu haqda «Bloomberg» manbalarga asoslanib xabar bergan.

Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya takomillashtirilgan protsessor va takomillashtirilgan kameralarni qo‘shib, iPad Pro liniyasini yangilashni rejalashtirmoqda.

Yangi modellar hozirgi iPad Pro’ga o‘xshash bo‘ladi, ya’ni, ularning ekrani o‘lchami ham 11 va 12,9 dyuymga teng bo‘ladi.

Kompaniya shuningdek, ushbu gadjetlarning katta versiyasi displeylarini mini-LED texnologiyasi bilan jihozlamoqchi, bu esa tasvirlarni yanada yorqinroq qiladi.

👍 @Terabit_Uz