Sesh. Sen 27th, 2022
iPhone 13 modeli qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Wedbush tahlilchisi Deniel Ayvz iPhone 13 smartfonlari seriyasi 2021 yil sentyabrining uchinchi haftasida taqdim etilishini ma’lum qildi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru. U o‘z prognozlarida etkazib berish zanjiridagi ma’lumotlarga tayanmoqda.

Taqdimot oktyabr oyining boshiga ko‘chirilishi ehtimoli ham mavjud.

Apple odatda yangi iPhone’larini sentyabrda taqdim etadi, biroq iPhone 12’ning butun lineykasi taqdimoti 2020 yilning oktyabrida bo‘lib o‘tgandi. Bunga asosan koronavirus pandemiyasi oqibatida ishlab chiqarishda yuzaga kelgan uzilishlar sabab bo‘lgan. Endilikda etkazib berish zanjiri yaxshi holatda, shu sababli Apple sentyabr oyidagi taqdimotlariga qaytishi mumkin.

👍 @Terabit_Uz