Shan. Okt 1st, 2022
Xiaomi 29 mart kuni ko'plab yangi mahsulotlarni namoyish etadi

Bugun 29- mart, dushanba kuni Xitoyning Xiaomi kompaniyasi katta taqdimotni rejalashtirgan. Albatta, rasmiy sotuvlar boshlanishidan bir necha kun oldin bizni ko’plab reklama plakatlari va teaserlari kutmoqda, ma’lum bo’lishicha, biz ko’plab yangi mahsulotlarni ko’ramiz.

Taqdimot «Cheksiz hayot» shiori ostida bo’lib o’tadi, yangi gadjetlar soni juda xam ko’pga o’xshaydi. Xiaomi Group Vitse-prezidenti Lou Veybing tomoshabinlarga tavsiyasi «tagliklari tayyorlab qo’ying» tadbir uzoq bo’ladi, chunki, u 3-4 soat davom etadi!

Xiaomi nimani tayyorladi? Birinchi navbatda, bu yangi smartfon modellari: Ma MIX taxminlarga ko’ra buklama telefon bo’ladi, flagmanlar oilasiningn uch vakillari Mi 11 Lite, Ma 11 Pro va Mi 11 Ultra.

Bundan tashqari, allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda faol ravishda namoyish qilinayotgan yangi fitness-treker Xiaomi Mi Band 6, shuningdek MiNotebook Pro (2021) va Mi Pad 5 planshetlari muddatidan oldin debyut qiladi. Bundan tashqari chipset, aqlli uy bo’yicha xam yangiliklar rejalashtirishlgan. Taqdimotdan so’ng biz ham barcha yangi qurilalar xaqida batafsil ma’lumot berishga xarakat qilamiz.

👍 @Terabit_Uz