Shan. Okt 1st, 2022
Nokia X20

Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ishlashni qo’llab-quvvatlaydigan ikkita yangi X10 va X20 modellari chiqarilishini e’lon qildi.

Ikkala smartfon ham plastik korpusda, qayta ishlangan polimerlardan foydalanilgan. Ikkala telefon ham 6,67 dyuymli IPS ekranlari 1080 x 2400 piksel o’lchamlari bilan jixozlangan.

Nokia X10 va X20 Snapdragon 480 5G protsessori bilan ishlaydi, bu Qualcomm chiplarining boshlang’ich seriyasidir , ammo grafika Adreno 619 GPUda ishlaydi. Ushbu smartfonlar Wi-Fi 5, Bluetooth 5.0, NFC, USB-C porti, audio raz’em va FM radiosiga ega. Batareyaning quvvati 4470 mA / soatni tashkil qiladi va 18 vatt quvvatga ega.

Smartfonlarning yagona farqi ularning kameralari. Katta versiya 64 megapikselli asosiy datchik, 5 megapikselli «keng obyektiv» va ikkita 2 megapikselli datchiklarni makro va fon xiralashuvi uchun oldi. X10 deyarli bir xil to’plam bilan jihozlangan unda faqat asosiy kamera 48 megapikselli va old kamera 8 megapikselli (X20da 32 megapikselli).

Ishlab chiqaruvchi uch yil davomida to’liq qo’llab-quvvatlashni va’da qilmoqda – bu nafaqat asosiy Android yangilanishlarini , balki kengaytirilgan kafolatni ham o’z ichiga oladi. Hozircha faqat Nokia X20 /128Gb / 8Gb narxi ma’lum – u taxminan 460$ atrofida taklif qilinmoqda.

👍 @Terabit_Uz