Sesh. Sen 27th, 2022
Telegramda Do'konlar paydo bo'ladi

Yaqinlashib kelayotgan Telegram yangilanishiga Do’konlar qo’shilishi ma’lum bo’ldi. Shunday qilib, messenjerda tovar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo’ladi va buni avvalgi kabi botlar yordamida emas, balki to’g’ridan-to’g’ri kanallar va guruhlarda amalga oshirish mumkin.
«Durov kodi» mualliflari Android va macOS uchun dasturning beta-versiyalarida tegishli yangiliklarga ishora qildilar. Buning qanday ishlashini hozirda @TestStore test do’konidan bilib olish mumkin.

Ta’kidlanishicha, dasturdagi tranzaksiya uchinchi tomon to’lov tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Bularga Sberbank, YooMoney, Stripe, Tranzzo, Payme, CLICK, LiqPay va ECOMMPAY kiradi. Boshqa narsalar qatori, keyingi xaridlarni amalga oshirish uchun qulaylik yaratish uchun bank kartalari ma’lumotlarini messenjerda saqlash, shuningdek, choychaqa ham qoldirish mumkin bo’ladi.

👍 @Terabit_Uz