Sesh. Sen 27th, 2022
Yer sayyorasini eng ko‘p ifloslantirayotgan sayt nomi e'lon qilindi

USwitch energiya iste’molini taqqoslash platformasi tomonidan taqdim etilgan hisobotda 200 ta eng mashhur veb-sahifalarning uglerod izlari hisoblab chiqildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Bunda xostingdan boshlab, shrift o‘lchami, tasvir, video va ranglar kabi saytning energiya samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar hisobga olingan.

Shu bilan birga, saytlarning uglerod izlari tahlili davomida bulutli va telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari hamda qurilmalari tomonidan foydalaniladigan energiya ham inobatga olingan.

O‘rganishlar davomida yuzlab saytlar orasida sayyoraning ifloslanishiga eng ko‘p Reddit ko‘ngilochar sayti “hissa qo‘shayotgani” ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, sayt foydalanuvchining tarmoqqa bir marta kirishi uchun 13,05 gramm karbonat angidrid ajratadi — bu avtomobilda 5 kilometr yo‘l bosishga teng.

Havoning ifloslanishiga yuqori darajada ta’sir ko‘rsatadigan saytlar orasidan 12,43 va 11,43 gramm karbonat angidrid ko‘rsatkichi bilan mos ravishda Pinterest va Nintendo o‘yin platformasi o‘rin olgan.

👍 @Terabit_Uz