Shan. Okt 1st, 2022
Instagram foydalanuvchilar kutgan yangi funktsiyani taqdim etdi.

Instagram ijtimoiy tarmog‘i yangi funktsiya joriy qildi: endi foydalanuvchilar haqoratli xabarlarni yashirishlari mumkin. Bu haqda kompaniya blogida aytilgan.

Qayd etilishicha, funktsiyani xohishga qarab yoqish mumkin. Agar foydalanuvchi buni amalga oshirsa, xizmat algoritmi shaxsiy xabarlarga yuborilgan so‘rovlarni haqorat, salbiy yoki odobsiz emojilar uchun tekshiradi.

«Ushbu vosita shaxsiy xabarlar uchun so‘rovlarga qaratilgan, chunki aynan shu erda, odatda odamlar haqoratli xabarlarni qabul qilishadi», deyilgan xabarda.

Funktsiya bir nechta mamlakatlarda qo‘llanilmoqda, keyinchalik uni ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari ishlata olishi mumkin bo‘ladi.

👍 @Terabit_Uz