Sesh. Sen 27th, 2022
Toʻlovlar 2.0, rejalashtirilgan ovozli chatlar va yangi veb versiyalar

Bu yangilanishda istalgan chatda toʻlash uchun toʻlovlar 2.0, ovozli chatlar uchun rejalashtirish va mini profillar, brauzerlar uchun Telegramning yangi versiyalari va boshqalar taqdim etilmoqda deya xabar beradi Telegram o’z blogida.

Toʻlovlar 2.0

Telegramda toʻlov xizmatlarini qoʻllab-quvvatlash birinchi marta 2017-yilda paydo boʻlgan edi. Toʻlov botlari foydalanuvchilarga istalgan mahsulot va xizmatlar uchun xavfsiz tarzda toʻlash imkonini berdi.

Bugungi yangilanish Stripe, PayME va CLICK kabi 8 ta toʻlov tizimi yordamida istalgan chatda karta orqali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, toʻlov paytida choychaqa qoʻshish va sevimli muallif, qahvaxona yoki doʻkonni qoʻllab-quvvatlash mumkin. Toʻlov uchun istalgan ilovadan, jumladan, kompyuter uchun Telegramdan foydalanish mumkin.

Rejalashtirilgan ovozli chatlar

Ovozli chatlar yordamida tanishlar davrasida suhbatlashish va millionlab tinglovchilarga ega translatsiyalarga ulanish mumkin.

Endi guruh va kanallar administratorlari barcha xohlovchilar rejalarini tuzishi, tanishlariga hodisa haqida aytishi va popkornni zaxiralashga ulgurishi uchun muayyan sana va vaqtga kelgusi ovozli chatni rejalashtirishi mumkin.

Shuningdek Telegram  ikkita yangi, toʻliq funksiyali Telegram veb ilovalarini taqdim etmoqdamiz – har ikkalasi ham animatsiyali stikerlartungi rejim, chatlar uchun jildlar va boshqa imkoniyatlarni qoʻllab-quvvatlaydi.