Shan. Okt 1st, 2022
Sabrent 64 TB RocketQ Battleship PCIe 4.0 SSDni sotuvga chiqarmoqda.

O’tgan yilning may oyida Sabrent RocketQ SSD-ni taqdim etdi, u PCIe 3.0 x4 va NVMe 1.3 qo’llab-quvvatlaydigan dunyodagi birinchi 8TB M.2 SSD deb nomlandi.

Qurilma Highpoint SSD7540 RAID tekshirgichiga asoslangan. Sakkizta RocketQ NVMe M.2 qattiq jismli modul ishlatiladi, ularning har biri sig’imi 8 TB.

Shunday qilib, RocketQ Battleship SSD ning umumiy xajmi 64 TB. Mahsulot o’qish rejimida e’lon qilingan ma’lumotlarni uzatish tezligi 28 Gb/s ga etadi.

Saytda yangilikning chiqarilish sanasi ko’rsatilmagan, faqat «tez kunda» degan yozuv mavjud. Narx haqida ham ma’lumot yo’q. Biroq, bitta 8TB RocketQ SSD-ning narxi 1299 dollar ekanligini xisobga olsak, RocketQ Battleship 10 000 dollardan past narxda bo’lmasa kerak.

👍 @Terabit_Uz