Shan. Okt 1st, 2022
Xiaomidan yangi smartfon Poco M3 Pro

Xiaomi’ga tegishli Redmi brendi ishlab chiqargan POCO M3 Pro smartfoni bilan bog‘liq yangiliklar e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko’ra, qurilma uchta orqa kameraga ega. Asosiy modulning o‘lchamlari 48 MP, qolgan ikki kameralari 2 MP. Selfi kamerasi esa 8MP.

Shuningdek, qurilma korpusi 161.8 x 75.3 x 8.9 mm, og‘irligi 190 g. Yangi smartfon ekrani 6,5 dyuym,  1080 x 2400 piksel, 20:9 ratio (~405 ppi). Batareyasining sig‘imi 5000 mA/s. Smartfon MediaTek Dimensity 700 5G protsessoriga ega.

Xabarga ko‘ra, smartfon 19 maydan boshlab omma e’tiboriga taqdim etilgan. Qurilmaning tavsiya etilgan narxi 169 dollar.

Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz