Shan. Okt 1st, 2022
Prestigio 

Prestigio va Clevetura 14-dyuymli ekranga ega, Intel protsessori o‘rnatilgan yangi noutbukni taqdim etdi. Noutbukning xos jihati — odatiy noutbuk sichqonchasi qayerda joylashgani.

Xabarga ko’ra, tachpad (sichqoncha) bevosita klaviaturaning o‘zida o‘rnatilgan dunyodagi ilk noutbuk. Qurilma TouchOnKeys texnologiyasi bazasida qurilgan. Noutbuk 2021 yil sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

Kompaniya vakillari bunday noutbukdan foydalanish qulayligini aytishmoqda: qo‘lni hadeb alohida tachpadga olib borishga hojat qolmas ekan.

TouchOnKeysda ham harakatlar xuddi odatiy tachpadniki kabi amalga oshadi. Faqat ma’lumotlarni kiritish maydoni ancha kattalashadi. Tachpad matnni kiritish tartibidan sensor boshqaruvga avtomat tarzda o‘tadi. Bu moslama kursor va ekrandagi ob’yektlarni surish, sahifalarni varaqlash (skrolling), ularning o‘lchamlarini o‘zgartirish, kompyuter ovozini va ekran yorug‘ligini boshqarish kabi imkoniyatlar beradi. Klavishlarning o‘zi esa qaychi mexanizmi bo‘yicha ishlaydi. Klavishlarni yoritish tizimi ham bor.

***

Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz