Sesh. Sen 27th, 2022
Microsoft Internet Explorer brauzerini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi

Microsoft kompaniyasi Internet Explorer Internet-brauzerini qo‘llab-quvvatlashni 2022 yil 15 iyunda to‘xtatishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya saytida bayonot berilgan.

«Brauzer funktsiyalari Microsoft Edgega o‘tishi bilan Internet Explorer 11ni bekor qilishmoqda va uni qo‘llab-quvvatlash to‘xtatildi», deyilgan xabarda.

Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, ushbu chora Windowsning ba’zi versiyalariga ta’sir qilmaydi. Gap, xususan, Windows 10 LTSC haqida ketmoqda.

Internet Explorer o‘rniga foydalanuvchilarga o‘rnatilgan IE rejimi bilan Microsoft Edge brauzeriga o‘tish tavsiya etiladi, uning yordamida eski veb-saytlar va unga asoslangan dasturlarga kirish mumkin bo‘ladi

***

Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz